23.11.2018, 13:20

Shaxmat. O'zbekiston G'arbiy Osiyo chempionatida birinchi bo'ldi

16-22 noyabr kunlari Toshkent shahri shaxmat bo'yicha 6,8,10,12,14,16,18 va 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi G'arbiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Qizg'in kechgan bahslar yakuniga ko'ra shaxmatchilarimiz standart, rapid va blits yo'nalishlarida 91 ta medalga ega chiqishdi. Ularning 26 tasi oltin medal ekanligi diqqatga sazovordir.

Shuningdek, hamyurtlarimiz standart yo'nalishida 28 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladilar.

Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda Qozog'iston va Eron terma jamoalari band etdilar.

Ma'lumot uchun, musobaqada qit'amizning 11 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yosh shaxmatchi ishtirok etdi.

Mavzu bo'yicha:

Toshkentda shaxmat bo'yicha G'arbiy Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Toshkentda suv polosi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi

Toshkentda suv polosi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

Osiyo o'yinlarini yana bir oltin medal bilan yakunladik!

Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik erkin kurashchilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi