27.04.2019, 08:10

Shahram G'iyosov ilk chempionlik kamarini qo'lga kiritdi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Shahram G'iyosov (8-0, 6 KO) navbatdagi jangida g'alaba qozonib WBA International chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.

Inglvud shahridagi Forum saroyida bo'lib o'tgan boks oqshomida Shahram G'iyosovga amerikalik sobiq chempionlik uchun da'vogar Emmanuel Teylor raqiblik qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Shahram G'iyosov to'liq ustunlik qildi. Hakamlarning ikki nafari 99-91 hisobida Shahram G'iyosov g'alabasini qayd etgan bo'lsa, yana bir hakam 97-93 natijasini qayd etdi.

Hakamlarning bir ovozdan bergan ovozlariga ko'ra g'alaba qozongan Shahram G'iyosov o'zining ilk chempionlik kamari WBA International kamarini qo'lga kiritdi. Oldinroq Shahram WBA InterContinental chempionlik kamari uchun jang qilishi xabar berilgandi. Ammo ma'lum bo'lishicha, u WBA International kamari uchun jang qilgan va ushbu kamar sohibiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq mazkur boks oqshomida jang qilgan Murodjon Ahmadaliev (6-0, 5 KO) nokaut evaziga g'alaba qozongani haqida xabar bergandik.

Mavzu bo'yicha:

Shahram G'iyosovning navbatdagi raqibi ma'lum

Shahram G'iyosovning sakkizinchi jang sanasi ma'lum bo'ldi

Shahram G'iyosov yakshanba tongida ringga ko'tariladi

Shahram G'iyosov oltinchi jangida ham raqibini nokaut evaziga mag'lub etdi

Isroil Madrimov debyut jangidayoq chempionlik kamari uchun ringga chiqadi