12.07.2019, 22:30

Shahram Ahadov Budapesht Gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

Vengriya poytaxtida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. E'tiborlisi, terma jamoamiz vakili ushbu kun doirasida shohsupaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.

-66 kilogramm vazn toifasida harakat qilgan Shahram Ahadov bronza medali uchun kechgan bellashuvda isroillik Tal Flikerni mag'lub etishga erishdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmagach, “oltin ochko”ga murojaat qilindi. Bahsning 5:57 daqiqasi o'tib borayotgan pallada Shahram ishlatgan usulga vazari bahosi berildi va bellashuv yurtdoshimiz g'alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Ahadov bronza medali qatori Tokio Olimpiadasi uchun muhim 350 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ymoqda. Afsuski, -60 kilogramm vaznda bronza medali uchun kurashgan Sharofiddin Lutfillaev Xitoy Taipeyi vakiliga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Mavzu bo'yicha:

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishadi

Muhammadkarim Xurramov Tbilisi Gran-prisining bronza medali egasiga aylandi

Sharofiddin Lutfullaev Tbilisi Gran-prisining bronza medalini qo'lga kiritdi

Sharofiddin Lutfullaev Gran-pri bronza medali uchun kurashadi

Sharofiddin Lutfullaev Marokash Gran-prisida zafar quchdi