13.07.2019, 10:50

Shahobiddin Zoirov hindistonlik raqibini mag'lub etdi


Professional boksning ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov (2 ta g'alaba, 2 ta nokaut) 12 iyul, juma kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Qirol Abdulla Sport Siti» stadionida bo'lib o'tgan jangda Shahobiddin hindistonlik Sandib Singhga (1 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat) qarshi ringga ko'tarildi.

4 raundga mo'ljallangan jangda Zoirov raqibini ochkolar hisobiga mag'lubiyatga uchratib, professional boksdagi 3-g'alabasiga erishdi.

Читайте также:

Shahobiddin Zoirov shu hafta jang qiladi

Shahobiddin Zoirovdan debyut nokaut

Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi debyut jangi muddati aniq bo'ldi

Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi

Sanjar Rahmonov o'zining navbatdagi g'alabasiga erishdi