28.08.2018, 08:30

«Sevilya» «Spartak» futbolchisini sotib olmoqchi

Moskvaning “Spartak” klubi futbolchisi Kvinsi Promes faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Gollandiyalik futbolchini “Sevilya” o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda “SE” nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, ispaniya jamoasi futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, bu  mavsum u Rossiya chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli pas yozdirib qo'ygan.

Mavzu bo'yicha:

«Lokomotiv» «Nant» futbolchisini sotib olmoqchi

«Roma» «Bayer»ning yosh futbolchisiga 40 million evro berishga tayyor

«Milan» Kvinsi Promes transferidan voz kechdi

«Atletik» Oyarsabal uchun 60 million evro to'lashga tayyor

SSKA Polshalik yosh iqtidor egasini sotib olmoqchi