16.05.2019, 10:50

Samarqand xalqaro “Chellenjer”ga mezbonlik qilmoqda


Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan xalqaro “Chellenjer” turniriga mezbonlik qilmoqda.

Erkaklar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning ochilishida so'zga chiqqan turnir supervayzeri A.Kornilov, Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari R.Qobilov va Samarqand shahar hokimi F.Rahimov barcha ishtirokchilarni katta sport bahsi bilan tabrikladi. Osiyo va Jahon kortlarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Denis Istomin, Farrux Do'stov kabi tennischilarimiz shunday musobaqalarda tajriba orttirgani e'tirof etildi.

Shuningdek, musobaqada dunyoning 24 davlatidan 53 nafar mohir tennischilar qatnashayotgani ular safida 8 nafar o'zbekistonlik ham borligi bizning faxrimiz ekanligi ta'kidlandi.

Bugun, 16 may kuni musobaqaning yakkalik bahslarida chorak finalchilar nomi aniqlanadi. Shuningdek, juftlik bahslarida hamyurtimiz rossiyalik Taymuraz Gabashlivi bilan birgalikda chorak final bosqichida finlyandiyalik Emil Ruusuvuori va rossiyalik Aleksander Jurbin juftligiga qarshi kortga tushadi.

 

Final bahsi 19 may kuni o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida: Musobaqaning umumiy yutuq fondi 54 160 AQSh dollari etib belgilangan. Birinchi o'rinni egallaganga 7 200 AQSh dollari beriladi, 2 o'ringa 4 240, yarim finalga chiqqanlarga 2 510, chorak finalga 1 460, 3 raundga 860, 2 raundga 520, 1 raundga 260 AQSh dollaridan beriladi.

Читайте также:

G'olib tennischi 7200 dollar oladi

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi

5 ta yosh toifasidagi futbolchilar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining chorak finalchilari nomi ma'lum bo'ldi

Toshkent yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi

5 ta yosh toifasidagi futbolchilar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining chorak final juftliklari