most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:44
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Saken Polatov Kuba boks federatsiyasi bilan hamkorlik hali uzoq vaqt davom etishini aytdi
  21 Oktyabr, 18:55  10

.

Xabar berib o'tganimizdek, bugun poytaxtimizda jahon chempionatida qatnashadigan O'zbekiston va Kuba boks terma jamoalari a'zolari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ushbu matbuot anjumani oldidan O'zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Kuba boks federatsiyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, oldinda turgan bir qator rejalarni muhokama qildi.

Saken Polatov uchrashuv davomida O'zbekiston va Kuba boksi o'rtasidagi hamkorlik hali uzoq vaqt davom etishi, hali bunday qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari yana bir necha marotaba tashkil etilishi haqida gapirdi.

O'z navbatida Alberto Puig O'zbekistondagi sharoitlardan mamnun bo'lgani, Kuba va O'zbekiston boksida bir-biridan o'rganadigan jihatlar hali ko'p ekanligini ma'lum qildi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»