16.05.2019, 15:50

«S» litsenziyasi bo'yicha O'FA murabbiylik kurslari yakunlandi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.    Jumladan, Toshkentda "S" litsenziyasi bo'yicha O'FA murabbiylik kurslari boshlangani haqida xabar berib o'tgandik. 10 kun davom etgan  mazkur kurslarni Dmitriy Kim olib bordi. Unga Oybek Davletmurotov assistentlik qildi. O'quv kurslari nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oldi.   "S" litsenziyasi bo'yicha O'FA murabbiylik kurslarida 20 nafar murabbiy ta'lim olganini ham ta'kidlash zarur. Ular orasida Islom Inomov, Aleksandr Kletskov, Pavel Solomin kabi sobiq futbolchilar bor.    Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylar 3 yilga mo'ljallangan O'FAning murabiylik bo'yicha "S" litsenziyasini qo'lga kiritishdi.

Читайте также:

Toshkentda OFKning «A» diplomi bo'yicha o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda

Toshkentda «S» litsenziyasi bo'yicha O'FA murabbiylik kurslari boshlandi

Poytaxtimizda OFKning "B" diplomi bo'yicha o'quv kurslari ikkinchi moduli bo'lib o'tmoqda

Toshkentda «B» sertifikati bo'yicha murabbiylik kurslari boshlandi

Toshkentda "S" litsenziyasi bo'yicha O'FA murabbiylik kurslari bo'lib o'tmoqda