24.10.2018, 16:40

Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida 109 kg vaznda qatnashadi


1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqaning 109 kg vazn toifasida Olimpiya o'yinlari rekordchisi Ruslan Nuriddinov ishtirok etadi. Nuriddinov 2013 yil Polshadagi jahon chempionatida oltin, 2014 yil Olmaotadagi musobaqada esa kumush medallarini qo'lga kiritgan.

Shuningdek, og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi nomidan quyidagi sportchilar qatnashadi:

Erkaklar

-61 kg – Adhamjon Ergashev;

-67 kg – Doston Yoqubov;

-73 kg – Muhammadqodir Toshtemirov;

-89 kg – Sunnatilla Usarov va Zaynobiddin Mahamadaminov;

-102 kg – Akbar Jo'raev;

+109 kg – Rustam Jangabaev.

Ayollar

-55 kg – Muattar Nabieva;

-64 kg – Kumushxon Fayzullaeva;

-76 kg – Tursunoy Jabborova;

-87 kg – Dalera Davronova.

Qayd etish lozim, Ashxobod mezbonligida o'tuvchi jahon chempionati yangi vazn toifalari va o'zgartirilgan qoidalar bo'yicha o'tkaziladigan ilk musobaqa bo'ladi. Ushbu qarorlar Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan qabul qilingan. Unga ko'ra, ushbu Jahon chempionatidan boshlab musobaqalar uch toifaga ajratiladi: oltin, kumush va bronza.

Ya'ni avvalgi qoidalarga ko'ra, yirik musobaqalar uchun beriladigan reyting ochkolari terma jamoalar hisobiga yozilgan bo'lsa, endi ushbu ochkolar faqat sportchilarning hisobiga yozilib boriladi.

Читайте также:

Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Bahrom Mendiboev: «Kumush Fayzullaeva Osiyo va jahon chempioni!»

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Ayollar kurashi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalga sazovor bo'ldilar

Osiyo o'yinlari. Ruslan Jangabaevda bronza!