18.05.2019, 00:00

Runi: "MYu" futbolchilari Sulsherdan hayiqishlari kerak"


«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Ueyn Runi jamoa ichidagi muhit va Sulsher haqida gapirdi.

33 yoshli futbolchining fikricha, «Yunayted» futbolchilari murabbiy Ule-Gunnar Sulsherdan hayiqishlari kerak.

«O'ylashimcha, futbolchilar murabbiy kim bo'lishidan qat'iy nazar undan hayiqishlari kerak. Sulsherdan qo'rqishlari kerak, Kerrikdan qo'rqishlari kerak. Ule kelganida avval yaxshi ishlay boshladi, ammo keyin nima bo'lganini tushunmay qoldim. Bu futbolchilarning boshqa jamoaga o'tishni istayotganlari haqidagi mish-mishlarga bog'liqmi yoki futbolchilar o'ynamay qo'yishdimi? Nima bo'lganda ham oxirgi etti-sakkizta o'yinda futbolchilar o'zlarini qo'yib yuborishdi, bu esa salbiy natijaga olib keldi», — dedi Runi.


Читайте также:

Sulsher: "MYu"ning keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashishi — bu fantastika"

"Manchester Yunayted" yana qancha ochko to'plashi kerak?

Ueyn Runi Mourino muvaffaqiyatsizligining sababini aytdi

Runi: "MYu"ning hozirgi ahvoli - hammaning aybi, Mourino oson nishonga aylandi"

Runi: "Ishonaman, Mourino nima qilayotganini biladi"