14.07.2019, 09:00

RPL. «Rostov» g'alaba qozondi. Shomurodovdan gol (VIDEO)


Rossiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan «Rostov» – «Orenburg» uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. «Rostov-Arena»da kechgan legionerlarimiz bahsida mezbonlarning qo'li baland keldi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Aleksey Ionov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, u erda Eldor Shomurodov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Ionov o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim debyutida orenburgliklar Despotovichning goli bilan hisobni qisqartirishdi va shu bilan hisob boshqa o'zgarmadi.

Mazkur o'yinda Shomurodov 82-daqiqada zaxiraga olingan bo'lsa, Vadim Afonin to'liq harakat qildi. E'tiborli tomoni, Eldor Shomurodov «Rostov»ning Rossiya chempionatidagi 500-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, rostovliklar mavsumni g'alaba bilan boshlashdi.

GOLNI TOMOShA QILISh

RPL, 1-tur

Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 11 Shomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotovich.

Rostov – Pesyakov, Kozlov (Logashov, 75), Chistyakov, Sigurdsson, Chernov, Normann, Popov, Ionov, Eremenko, Bayramyan (Zuev, 67), Shomurodov (Sigurdarson, 82).

Orenburg – Dovbnya, Shaxov, Sivakov, Kozlov, Malix, Afonin, Malyarov (Ayupov, 72), Terexov, Rikardu Alvesh (Kulishev, 61), Mishkich, Despotovich.

Ogohlantirishlar: Bayramyan (26), Malyarov (43), Sivakov (52), Normann (54), Afonin (81).

Читайте также:

RPL, 12-tur. «Rostov» - «Anji». Shomurodov asosiy tarkibda

RPL. «Orenburg» «Rostov»ni mag'lub etdi

RPL. «Rostov» – «Orenburg». Afonin asosiyda, Shomurodov…

RPL. «Spartak» – «Rostov»: Eldor Shomurodov asosiy tarkibda

Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g'alaba bilan boshladi