17.05.2019, 18:10

«Ronaldu qaytishini xohlaysizmi?» «Real Madrid» futbolchilari javob berishadi!


Ispaniya chempionatining 32-turida «Leganes» bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng «Qaymoqranglilar» ustoziga OAV tomonidan «Ronalduni ortga qaytishini istaysizmi?» deya savol beriladi. Zidandan tashqari bu savol «Real Madrid»ning bir nechta futbolchilariga beriladi va ularning Ronalduning ortga qaytishiga qanday fikr bildirishlari bilan qiziqishadi. Ishonchli manbaalarga suyangan holda biz bu intervyularni siz azizlar uchun tarjima qildik.

Zayniddin Zidan

Nima ham deya olaman? Biz kimni harid qilishimizdan qat'iy nazar  Ronalduning o'rnini to'ldira olmasligimiz kundek ravshan. U bizni va muxlislarni hayratda qoldiradigan darajada fantastik mavsumlarni o'tkazdi va klub emblemasini jon jaxdi bilan himoya qildi. Biz va «Real Madrid» Ronalduning oldida o'zimizni  qarzdormiz deb hisoblaymiz. Uning sharofati bilan biz dunyoda tengsiz klubga aylandik. Men uning yoshida bo'lgan chog'imda butsalarimni mixga ilgan edim. Mening jismoniy holatim futbol o'ynashga qarshilik qilar, o'zim ham futboldan charchagan edim.
Ronaldu esa, 34 yoshida kuchli chempionatda o'zini ko'rsatishdan charchamayapti. Uning tanasi ham, ruhi ham qarimaydiganlar sirasiga kiradi. Men uning yana bir necha yil birinchi raqamli futbolchi bo'lib qolishiga tilakdoshman!

Luka Modrich

Ronaldu shunday o'yinchi-ki, u qanday klubdan ketishidan qati'y nazar  o'sha klub kuchsizlashib qoladi. Uning o'rinbosarini topishning iloji yo'q. U bizga hozirda ochiqchasiga aytganda etishmayapti. Sababi, u har mavsumda «Real» uchun 50 ta gol urardi. Hozir, bunaqa futbolchini topishning iloji yo'q. Aynan bizga bu mavsumda Krishning gollari etishmadi deb hisoblayman.

Karvahal

Ronaldusi bor klub kuzer qartasi bor jamoaga o'xshaydi. U istalgan raqibga qarshi baxsda Ronalduni ishga solib g'alaba qozonishi mumkin. Bu mavsumda biz ko'p gol urishga muvaffaq bo'ldik biroq, keragidan ortiq o'tkazib yubordik. Men Modrichning so'zlariga qisman qo'shilaman. Shunday bo'lsada, biz o'z ustimizda ishlashda davom etsak, maqsadga erisha olamiz deb hisoblayman.

Keylor Navas

Ronalduning ketishi bizga qattiq ta'sir qildi. Qanchalar ta'sir qilganini bu mavsumdagi natijlarimizga qarab bilib olishingiz mumkin. To'g'ri, Ronalduning ketishidan tashqari yana ayrim muommolar paydo bo'ldi, biroq biz Ronaldudan boshqa hamma muommolarni hal qildik. Quyoshni qo'l bilan to'sib bo'lmaganidek, biz Ronaldusiz bu mavsum o'zimizga o'xshamaganimiz hammaga shundoq ham ayon bo'lib turibdi. U o'z oldiga juda katta maqsadlar qo'yib, maqsad sari tinimsiz odimlaydigan inson

Читайте также:

«Real Madrid» futbolchilari Messining ketishiga qanday fikr bildirdilar

La liga. «Leganes» - «Real» (tarkiblar)

«Real» va «Barselona» Ispaniya Kubogidagi raqiblari ma'lum

Ronalduning opasi «Oltin to'p» sovrinini tanqid qildi

Messi: «Ronalduning qarori meni hayron qoldirdi»