04.09.2018, 11:10

Ronaldino: «Umid qilaman, «Barselona» 10-raqamni umrbod Messiga taqdim qiladi»

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Lionel Messi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin, umid qilaman, «Barselona» 10-raqamni umrbod unga taqdim qiladi. Shundan so'ng bu raqamda boshqa futbolchi o'ynamaydi.

Messi – klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U qilgan ishni hech kim bajara olmagan. Umid qilaman, uning faoliyati yana 20 yil davom etadi. Barcha futbol muxlislari yuqori saviyadagi Messini yana uzoq yillar ko'rishni istashadi», – dedi Ronalldino.

Mavzu bo'yicha:

Messi: «Ronalduning qarori meni hayron qoldirdi»

Ronaldino «Barselona» tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Vitaliy Denisov: "Krilya Sovetov"ga tez moslashaman deb umid qilaman"

Vidal: «Men «antimadridista» emasman»

Ernesto Valverde: «Umid qilaman, Sillessen jamoada qoladi»