13.07.2019, 21:10

Ronaldino bir nechta sirlarni oshkor qildi!


Braziliyalik futbolchining karierasida jumboqli savollar juda ko'p ekanligidan xabaringiz bor. Shu kunlarda futbolchi o'z yurtidagi mahalliy nashrlardan biriga bergan intervyusi internet olamida juda tez mashhur bo'lib ketdi. Kichik bo'lsada, qiziqarli materialni sizlar uchun tarjima qildik

Iqtidor yoki mehnat?

Xudo menga iqtidor bergan bo'lsada, uni rivojlantirish o'z qo'limda edi. Men har kuni tinimsiz mashg'ulotlar o'tkazar edim. Ba'zan soatlab biror bir fintni o'zlashtirish uchun maydonda qolib ketar edim. Ayniqsa yashirin pas uslubida to'p tashlab berishni shu qadar ko'p mashq qildimki, o'yinlar davomida avtomatik ravishda amalga oshira boshladim. «Elastiko» finti borasida maqtana olaman. Uni mendek hech kim so'nggi 25 yillikda amalga oshira olmagan. Bu hamma hammasi mennat bo'lsada, futbolchi iqtidorsiz bo'lsa, demak u 0 ga teng degani. Men o'zimni iqtidorli deb hisoblayman. Afsuski, mehnatkash emasman, aks xolda yuqori darajadagi futbolni uzoq muddat ko'rsata olgan bo'lar edim.

Futbolga tashlangan ilk qadamlar haqida

Ba'zi bir futbolchilardan farqli o'laroq men bu olamga juda erta kirib kelganman. Otam meni to'p bilan mashq qilishga majbur qilar edilar. So'ngra menga it olib berdilar va u mening eng yaqin do'stimga aylandi. Ikkimiz kunduzlari tinimsiz to'p o'ynar edik. Eng qizig'i men uni istaganimcha aldab o'tsamda, u sira hafa bo'lmas, tinimsiz ortimdan chopib yurar edi…

O'spirinlik davri haqida

17 yoshga to'lgan chog'imda er yuzida men o'xshata olmaydigan birorta fint qolmagan edi desam ishonasizmi? Menga bu so'zni bir nechta buyuk futbolchilar aytishgan…

«Barselona» haqida

Men eski uchrashuvlarimni juda ko'rgim keladi. Ayniqsa «Barselona» safida to'p surgan davrlarimdan estalik bo'lib qolgan bir nechta o'yinlarni qayta – qayta ko'rgim kelsada, buning sira iloji yo'q. Nega deysizmi? Men u uchrashuvlarni ko'z yosh to'kmasdan ko'ra olmayman. O'zimda kuch topib o'yinlarni ko'rishga o'tirishim bilan vijdonim birdaniga azoblana boshlaydi. Bu shunday yomon tuyg'uki, uni tiyishning sira iloji yo'q…
O'sha davrlardagi tezligim, jisomoniy formamni tungi klublarga boy berganim, ichkilik va ayollarga mukkasmdan ketgan chog'larimni yodga soldi bu uchrashuvlar. Eng achinarlisi shundaki, men Deko bilan bir necha bor mashg'ulotlarga mast holda kelganman. Doim ichimdagi ovoz to'xtash kerak ekanligini, spirtli ichimliklar meni futboldan mahrum qilishini aytasada, ortga qaytga ulguraman deb o'ylar edim. Hammasini yana avvalgi xolatiga qaytarishga kuchim etadi deb o'ylar edim. Afsuki, ortga qaytishga ulgurmay qoldim. Bu qora tuynuk Ronaldinoni o'z qariga tortib ketdi.

Messi va Pep haqida

Ko'plab jurnalistlar meni Gvardiola jamoadan ketkazib yuborgan va asosiy rolni Messiga topshirgan deya butun dunyoga jar solishgan edi. Keling, shu o'rinda yana bir sirni ochaman. Do'stim Pepe meni ketishimni sira istamagan edi. U oxiriga qadar meni olib qolishga urundi. U menga qulayroq, kam quvvat sarflanadigan pozitsiyada o'ynashimni aytib jamoada olib qolishga rosa urundi. Men esa, engilroq hayot izlab Milan shahriga uchib ketdim. Ishonasizmi, «Barselona» safida yana bir maydonga tushish uchun qo'limdagi hamma narsamni bergan bo'lar edim. Hamma-hammasini o'ylab o'tirmasdan!
Biz Messi bilan qisqa fursat bo'lsada birga to'p surganmiz. Ko'pchilik meni uning ustozi deb ham ataydi. Bu g'irt yolg'on. Messi umuman boshqacha uslubdagi futbolchi. Men unga hech narsa o'rgatmaganman. Yo'q bir bor futboldan tashqari mavzuda maslahat bergan edim. Bu birovning siri bo'lgani uchun sizlarga ayta olmayman!
Er yuzida uning millionlab muxlislari mavjud bo'lsa, men ular orasida birinchi o'rinda turaman deb qo'rqmasdan ayta olaman. Messi har doim hozirgidek bo'lgan. U haqiqiy fenomenga aylanib ulgurdi. Bu mavsumdagi omadsizliklarga qaramasdan «Oltin to'p» uchun mening nomzodim Messi bo'lib qolaveradi!

Читайте также:

Neymar «Barselona»ga qaytadimi? Ronaldu javob berdi

Messi va Ronaldu, «Oltin To'p» va EChL haqida Mbappe bilan intervyu

Frenki De Yong Messi haqida nimalar dedi?

Neymar ketishi borasidagi savollarga oydinlik kiritdi

Intervyu. Ronaldu: «Vaqt o'tgani sari avvalgi tempda o'ynay olmasligingni tushunib borasan»