12.06.2019, 18:40

Rekordlarga boy mavsum


Bu mavsum uzoq muddat yodimizdan ko'tarilmasa, ajab emas. Yakunlangan ko'hna qit'a chempionatlari va EChL bahslarida bir nechta rekordlar qayd etilgani e'tiborga loyiq. Bugun aynan shunday rekordlar haqida

«Ayaks» Gollandiyada tengsiz

Gollandiyaning «Ayaks» klubi YChLda shov-shuv ko'targani etmaginidek, o'z chempionatida oltin dublni qo'lga kiritdi. Yakunlangan mavsumda  klub 160 bor raqib darvozalarini ishg'ol qildi va «Az Alkmar» klubi tominidan 1981-yilda o'rnatilgan rekordni yangiladi. O'sha mavsumda «Az» klubi 158 bor raqib darvozalarini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan edi.  Bu mavsumda «Ayaks» 111 bor ichki chempionatda, 30 bor YChLda, kubok o'yinlarida esa 17 ta gol kiritishdi va Gollandiya klublari tarixidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazdi.

«PSJ» evropada tengsiz

Parij klubi bu mavsumda ko'hna qit'a klublari orasida yangi rekordni o'rnatdi. Gap shundaki, jamoa bu mavsumni ketma-ket 14 ta g'alaba bilan boshladi va bu borada «Tottenhem» klubi o'rnatgan rekordni quvib o'tdi. 1960/61-yilgi mavsumda London klubi APLda 11 ta g'alaba bilan start olgan edi. «PSJ» bu ko'rsatgichni yangilab qo'ydi.

«Yuventus» mutloq chempion

Turinning «Yuventus» klubi bu mavsumda qatorasiga 8-bor «Skudetto»ni qo'lga kiritdi va bu borada ko'hna qit'a rekordini yangiladi. Shu kunga qadar birorta klub 8 bor shohsupaga chiqmagan edi. Shuningdek klub bu mavsumda o'zining mehmonda bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi mag'lubiyatsiz tseriyasini 26 ta uchrashuvga etkazdi va o'z rekordini ham yangilab oldi. Tan olish lozim, hozirda Italiyada bu klubga teng kela oladigan kuch yo'q!

«Chelsi» Evropa Ligasi musobaqasida tengsiz

Londonning «Chelsi» klubi bu mavsumda Evropa Ligasi musobaqasida g'olib chiqqanidan xabaringiz bor. Klub ushbu turnir davomida biror marotaba mag'lubiyatga uchramadi va chempionlikni qo'lga kiritdi. 2012/13-yilgi mavsumlarni hisobga olsak, jamoa 18 ta uchrashuv davomida mag'lubiyatsiz tseriyani davom ettirib kelmoqda. Musobaqa tarixida bunaqasi avval kuzatilmagan edi.

Sulsher tarixda qoldi

O'tgan yilning dekabr oyida Joze Mourinyo o'rnini egallagan Sulsher o'zining topog'onligi bilan klubni anchayin qiyin ahvoldan olib chiqib ketishni uddasidan chiqdi. Jamoa uning qo'l ostidagi ilk 8 ta uchrashuvda g'olib chiqishni uddasidan chiqdi va klub rekordini yangiladi. Oradan ko'p o'tmay jamoa mehmondagi uchrashuvlarda 8 bor g'olib bo'ldi va klub rekordining boshqa bir bandini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Bu ham etmaganidek, YChL doirasidagi «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda o'z uyida 0 : 2 hisobida engilib, keyingi bosqichga chiqishni uddasidan chiqan ilk klubga aylandi.  Bundan avval hech qaysi klub o'z uyida 0 : 2 hisobida engilib turib mehmondagi g'alaba evaziga keyingi bosqichga chiqmagan edi.

«Liverpul»dan oltinga teng kumush

Bu boradagi rekord 2009/10-yilgi mavsumda «Real Madrid» tomonidan o'rnatilgan edi. O'sha yili «qirollik klubi» 96 ochko to'plasada 2-o'rinda qolib ketgan va ko'plab muxlislarning olqishiga sazovar bo'lgan edi. Bu mavsumda Klopp va uning shogirdlari «Real Madrid» o'rnatgan rekordan bir ochko ko'proq jamg'arishdi va 97 ochko bilan chempion bo'la olmagan jamoa sifatida yangi rekordni qayd etishdi. Bir qarashda juda alamli natija, shunday emasmi?

«Manchester Siti» 129 yillik rekordni yangiladi

Gvardiola boshchiligidagi «Man Siti» 2 mavsum davomida APL klublarining barchasini mag'lubiyatga uchratdi va bundan 129 yil avval «Preston» tomonidan o'rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo'lishdi. Bundan tashqari klub yakunlangan mavsumda 169 ta gol kiritdi va ingliz klublari orasidagi eng sermahsul natijani qayd etdi. Shu kunga qadar birorta klub bu qadar ko'p gol urishni uddasidan chiqmagan edi.

Читайте также:

«MYu» klub rekordini yangiladi

«Barselona» «Real» va «Chelsi»ning rekordini takrorladi

"Ayaks" bunday natija qayd etgan yagona jamoa!

ELCh. Angliyaning 4ta jamoasi chorak finalga chiqdi

Gvardiola: «Real» jahonning eng yaxshi klubi? Unchalik emas»