13.06.2019, 23:20

"Real" muxlislari: "Bizga Mbappe kerak"


"Real" futbolchisi Eden Azarning taqdimot marosimi bugun tashkillashtirilganidan xabaringiz bor.

Aftidan, belgiyalik futbolchining transferi madridlik muxlislarni kutilganidek quvontirmagan ko'rinadi. Chunki stadion sezilarli darajada bo'sh, Azarning taqdimot marosimida Ronalduning rekordi takrorlanishi kutilgandi, ammo bunga yaqin kelmadi ham.

Qolaversa, ma'lumotlarga ko'ra, muxlislar stadionda "Bizga Mbappe kerak!" deya hayqirishgan. Ehtimol, Azarning transferidan xursand bo'lgan muxlislarning ishtahasi ochilib, Mbappeni ham istab qolishgandir. Bunisi bizga qorong'i.

Читайте также:

"Real" Mbappeni eng qimmat futbolchiga aylantirishi mumkin

Pogba — Azarning transferidan so'ng "Real"ning bosh transfer nishoni bo'lib qoldi

Marca: "Azarning "Real"ga transferi deyarli hal bo'ldi"

Hammasi “Real”ga bog'liq: “Chelsi” Azarning narxini aytdi

Mbappeni 2018 yilda qoyil qoldirgan futbolchi kim?