04.08.2018, 20:53

«Real» Evropa Ligasidagi g'alaba bilan «Atletiko»ni tabrikladi


«Real» klubi matbuot xizmati Ispaniya chempionatidagi azaliy raqiblaridan biri bo'lmish «Atletiko» jamoasini Evropa ligasidagi g'alabasi bilan tabrikladi.

«Lion shahrida bo'lib o'tgan final o'yinida g'alaba qozongan «Atletiko»ni ushbu sovrin bilan tabriklaymiz», - deyiladi «Real»ning rasmiy Tvitter sahifasida.

Evropa ligasining finali Lion shahridagi «Stad de Lyumer» stadionida bo'lib o'tdi. Unda «Atletiko» jamoasi «Marsel»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. «Matraschilar» Evropa ligasi tarixida 3-marotaba ushbu sovrinni qo'lga kiritishi.

Читайте также:

Luish Figu Evropa Ligasi finalida qaysi klub favorit ekanini aytdi

«Atletiko» «Marsel»ni yirik hisobda engib, Evropa ligasi g'olibiga aylandi

Ispan klublari so'nggi 13 evrokuboklarning 12tasini qo'lga kiritishdi

Diego Simeone: Biz yanayam kuchliroq bo'ldik. Grizmann «Atletiko»da qoladi deb umid qilaman

UEFA Superkubogida tarixda kuzatilmagan voqea yuz beradi