21.01.2019, 08:30

«Real» 50 million evroga futbolchi sotib olishga yaqin turibdi


«Portu» himoyachisi Eder Militao «Real»ga o'tadigan bo'ldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.

Klub ushbu futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi. Militao yozda "Qirollik klubi" safiga o'tadi. Himoyachi bilan 2025 yilning yozigacha bo'lgan muddatga shartnoma imzolanadi. «Real» Eder uchun «Portu»ga 50 million evro to'laydi.

Ushbu summaning 10 foizi o'yinchini tarbiyalagan «San-Paulu» klubiga o'tkazib beriladi.

Faktlar:
— Militao Portugaliya chempionatining ushbu mavsumida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
— Futbolchiga, shuningdek, «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirishgandi.

Читайте также:

«Real Madrdid» Militao uchun 50 million evro bermoqchi

«Barselona» Adrien Rabo borasida bayonot berdi

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

«Liverpul» klubi «Barselona» futbolchisi uchun 100 million evro berishga tayyor

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum