19.01.2019, 13:00

Ravshan Ermatov Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvini boshqaradi

20 yanvardan Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvlar boshlanadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. 

Guruhdoshimiz Yaponiya terma jamoasi esa nimchorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va bahraynlik Navof Shukrullo ishlaydi.

Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 21 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.  

Mavzu bo'yicha:

Asian Cup. Eron - Iroq uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

Ilgiz Tantashev Osiyo Kubogidan o'rin olgan Hindiston - Bahrayn uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov «ofsayd»da!

Osiyo kubogi. Valentin Kovalenko Falastin - Avstraliya uchrashuvini boshqaradi

Osiyo kubogi-2019. Ravshan Ermatov qaysi o'yini boshqarishi ma'lum bo'ldi