14.06.2019, 23:00

Ravshan Ermatov: «Yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak, har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz»


Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tgani haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur yig'ilishda Ravshan Ermatov O'FA vitse-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib saylandi. Ravshan Sayfiddinovich yig'ilishda so'zga chiqar ekan,barchamiz bir maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak, barcha qiyinchiliklarni engib o'tishimiz mumkinligi haqida aytib o'tdi.
 
"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan katta rahmat aytaman.
 
Ochig'i, bu erda turishdan ko'ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda. Lekin futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va mas'uliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo'lib turish — ona Vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko'rishim va vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi.
 
Albatta, futbol bu jamoaviy o'yin. Agarda barchamiz birlashib, ahil bo'lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak, ishonchim komilki, har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz. Barchangizga yana bir bor rahmat aytib qolaman", — dedi O'FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.

Читайте также:

O'FA Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi

Rasmiy xabar: Ravshan Ermatov O'FA vitse-prezidenti etib saylandi

Breaking News! Ravshan Ermatov O'FAning birinchi vitse-prezidenti bo'ladi

Ravshan Ermatov «Al-Hazm» - «Al-Ittifoq» uchrashuvini boshqaradi

Toshkentda OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi boshlandi