21.11.2018, 10:30

Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi

O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalar va o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, kecha Yaponiyada bo'lib o'tgan Yaponiya - Qirg'iziston o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishdi. To'rtinchi hakam sifatida Ravshan Ermatov harakat qildi. Uchrashuvda hisob Yaponiya foydasiga 4:0 bo'ldi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqarishi ham ma'lum bo'ldi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishadi. Final o'yini 25 noyabr kuni «Beytszin Goan» va «Shandun Lunen» jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mavzu bo'yicha:

Sherzod Qosimov Kuvayt - Suriya uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov Xitoy – Suriya uchrashuvini boshqaradi

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda o'yinlarni boshqarishadi

Ravshan Ermatov va uning guruhi Xitoy Superligasi o'yinini boshqardi

Superliga. Toshkentdagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaradi