13.07.2019, 00:00

Rasmiy xabar! "Yuventus" navbatdagi trasnferni e'lon qildi

Turinning "Yuventus" klubi "Jenoa" klubi himoyachisi Kristian Romero bilan shartnoma imzoladi.

21 yoshli futbolchi 2024-yil 30-iyunga qadar mamlakat chempioni bilan shartnoma imzoladi. Ammo keyingi mavsumda u "Jenoa" safida ijarada o'tkazadi.

"Jenoa" yarim himoyachi uchun "Yuve"dan 26 mln evro oladi, bu uch yil ichida to'lanadi. "Jenoa" Romeroning ijarasi uchun turinliklarga pul to'lamaydi.

Eslatib o'tamiz, Romero 2018-yildan boshlab Jenoa safida to'p surmoqda.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda futbolchi "A" Seriyada 27 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

Mavzu bo'yicha:

Ronaldu «Jenoa»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Rasman. «Milan» Pyontek bilan shartnoma imzoladi

«Yuve» argentinalik futbolchiga qiziqib qoldi

«Jenoa» portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Jenoa» «Yuventus» futbolchisini ijaraga oldi