17.05.2019, 16:40

Rasman! «Yuventus» Allegrining iste'fosini e'lon qildi


«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o'z lavozimini tark etadi va keyingi mavsumda jamoada ishlamaydi.

Turinliklar klubi ushbu mutaxassis klubni tark etishi haqida rasman ma'lum qildi, ammo hozircha bu iste'fo tashabbuskori qaysi tomon ekaniga aniqlik kiritilmadi.

Murabbiy va «Yuventus» direktorlari kengashi raisi Andrea Anelli yaqin vaqtlar ichida jurnalistlar uchun brifing o'tkazishi kutilmoqda.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. So'nggi 5 mavsumda turinliklar uzluksiz ravishda Italiya chempioni bo'lishdi, 4 marta Italiya Kubogida g'olib chiqishdi, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi va ikki finalda ham ispan grandlariga yutqazishdi – 2015 yilda «Barselona»ga (1:3) 2017 yilda «Real»ga (1:4).

 

Читайте также:

Ronaldu so'nggi 9 yil ichida ilk marta EChL yarim finalida o'ynamaydi

Ronaldu «Jenoa»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Allegri "Yuventus" rahbariyati bilan gaplashib olmoqchi

«Yuventus» Allegrining o'rniga 3ta nomzodni ko'rib chiqmoqda

«MYu» Allegrining nomzodini ko'rib chiqmoqda