02.02.2019, 11:30

Rasman. Boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident tayinlandi

Hozirgina O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasida tashkil etilgan yig'ilishda O'zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi.

Unga ko'ra, "Lokomotiv" jamoasi muassislaridan biri, tadbirkor Saken Pulatov O'zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shu kungacha ushbu lavozimda samarali ishlab kelgan Sherzod Toshmatov o'z vazifasidan ozod etildi. 

Yig'ilishda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov ishtirok etdi va so'zga chiqdi. 

Mavzu bo'yicha:

Boks. O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi

Hasanboy Do'smatov O'zbekiston chempioni!

Qilichbozlik. Markaziy Osiyo Konfederatsiyasi tashkil etildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasiga yangi prezident saylandi

Hasanboy Do'smatov: «Albatta, yurtdoshlarimizni xursand qilamiz»