27.06.2019, 15:10

Rasman: Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Bugun “Surxon” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda “Surxon” jamoasining barcha a'zolari ishtirok etdilar. Yig'ilishni “Surxon” futbol klubi bosh direktor o'rinbosari Alisher Rustamov ochib berdi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “Surxon” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

O'zbek futboli muhlislari uchun taniqli bo'lgan, tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Menga bildirilgan ishonch uchun avvalambor “Surxon” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonamanki, biz bir oila bo'lib shakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz deydi – Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, Ashurmatov o'tgan mavsumda “AGMK” jamoasi bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan.

“Surxon” PFK matbuot xizmati.

Mavzu bo'yicha:

Baxtiyor Ashurmatov "Buxoro"dan ketdi(mi)?

BREAKING! Andrey Miklyaev «Surxon» jamoasining bosh murabbiyi

Baxtiyor Ashurmatov “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman! Ilhom Mo'minjonov «Surxon» bosh murabbiyi

«Surxon» klubiga yangi bosh murrabiy tayinlandi