23.02.2019, 14:50

Rakitichga 4ta top-klub qiziqish bildirmoqda


«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitichga Evropaning 4ta klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, «Bavariya», «Inter», «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublari xorvatiyalik futbolchini qo'lga kiritishga da'vogar bo'lib turishibdi. Jumladan, "neradzurri" Rakitich uchun 40 million evro to'lashga tayyor.

Yarim himoyachi 2014 yilda 18 million evro evaziga «Sevilya»dan «Barselona»ga o'tgandi.

30 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida jami 34ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta gol urib, 6ta golga uzatma berdi.

Читайте также:

«Inter» Rakitichga «Barselona»ga nisbatan ko'proq maosh to'lamoqchi

«Real» 50 million evroga futbolchi sotib olishga yaqin turibdi

«Manchester Yunayted» «Barselona»ni sotib olish bo'yicha muzokarani boshladi

«Manchester Siti» David Silvani 3 haftaga yo'qotdi

«Liverpul» klubi «Barselona» futbolchisi uchun 100 million evro berishga tayyor