11.04.2019, 13:20

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad


Qozog'istonning Chimkent shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida o'tayotgan "Shymkent Open" musobaqasida ikkinchi davra bosqichi uchrashuvlari yakunlandi.    Unda tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Artem Dubrivniyni 6:4, 5:7, 6:1 hisobida engdi. Shuningdek, Humoyun Sultonov chorak final yo'llanmasi uchun o'tishi kerak bo'lgan o'yinda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Biroq mazkur o'yin oldidan rus tennischisi kortga chiqmasligini e'lon qildi. Shu tariqa Humoyun to'g'ridan-to'g'ri chorak finalga yo'l oldi.   Endi musobaqaning chorak finalida ikki hamyurtimiz S.Fayziev va H.Sultonov o'zaro raqobatlashadi.

Читайте также:

Tennischilarimizning raqiblari aniq bo'ldi

Tennischilar Qozog'istondagi musobaqada ishtirok etishadi

Tennis. Sanjar Fayziev Qozondagi musobaqa g'olibi

Shaxmat bo'yicha JCh. Gulruhbegim Tohirjonova chorak finalga chiqdi

«Devis kubogi». Bugun O'zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi o'yinlarni boshlaydi