12.02.2019, 14:20

«Qo'qon-1912»ning bosniyalik hujumchisi vataniga qaytib ketdi

“Qo'qon-1912”  jamoasi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Toshkent shahrida o'tkazadi. Jamoa a'zolari bugundan Toshkentda yig'ilishadi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishadi.

Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan “Hokim kubogi-2019”  turnirida No''mon Hasanov bir qator yangi futbolchilarni, shu jumladan Serbiya hamda Bosniya-Gertsogovinadan tashrif buyurgan futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

Bosniyalik hujumchi Nedo Turkovich “Qo'qon-1912”ning navbatdagi yig'inida ishtirok etmaydigan bo'ldi, u bugun erta tongda o'z yurtiga qaytib ketdi. Serbiya davlatidan kelgan legionerlar esa jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Toshkent yig'inida “Qo'qon-1912” tarkibida yana yangi nomlar paydo bo'lishi kutilmoqda. Yig'in davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan nazorat o'yinlarida murabbiylar shtabi tarkibni optimal ko'rinishga olib kelishga harakat qilishadi.

Mavzu bo'yicha:

«Qo'qon-1912» navbatdagi yig'inni ham Toshkentda o'tkazadi

«Qizilqum» Turkiyaga jo'nab ketdi

«Qo'qon-1912» Toshkentda yig'in o'tkazmoqda

«Qo'qon-1912» bugun AGMK bilan o'ynaydi

«Qo'qon-1912» bugundan yig'inga kirishadi