13.06.2019, 14:30

«Qo'qon-1912» – «Dinamo» uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi


Nihoyat, Qo'qonlik futbol ixlosmandlari orziqib kutgan onlar etib kelmoqda. Yana ikki kundan keyin zamonaviy ko'rinishga kelgan “Markaziy” o'yingohda katta futbol bayrami bo'lib o'tadi. Shanba kuni futbolchilarimiz Coca Cola Superligasi 11-tur doirasida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotilmoqda. Chiptalar naxri xuddi o'tgan yildagi kabi 10 000 va 15 000 so'mni tashkil etmoqda. Uchrashuvdan oldin muxlislarimizga kontsert dasturi namoyish qilinadi.

Barcha aziz muxlislarimizni stadionimizga tashrif buyurib, sevimli jamoamizni qo'llab quvvatlab turishga chorlab qolamiz.

Eslatib o'tamiz «Qo'qon-1912» – «Dinamo» o'yini 15 iyun kuni soat 18:00da boshlanadi. Ertaga esa Uchko'prikdagi "Markaziy" stadionida "Qo'qon-1912" - "Dinamo" jamoalarining 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilari o'zaro kuch sinashadilar. Uchrashuv soat 17-00 da boshlanadi.

Читайте также:

«Andijon» - «Nasaf» uchrashuvining chiptalari sotuvda!

«Vodiy derbisi» chiptalari Qo'qon va Farg'onada sotilmoqda

«Vodiy derbisi»ga chiptalar bugundan sotuvga chiqadi

«Qo'qon-1912» – «Qizilqum»: O'yin chiptalari sotuvga chiqdi

«Qo'qon-1912» – «Paxtakor» o'yini chiptalari sotuvga chiqdi