23.06.2019, 20:30

PSJ «Barselona» bilan muzokara o'tkazishni istamadi

“Barselona” PSJ bilan hujumchi Neymarning transferi borasida muzokara o'tkazishga harakat qildi, deb xabar beradi Téléfoot.

Manbaning ma'lumotiga qaraganda, parijliklar braziliyalik futbolchini sotishni istamagan.

Avvalroq Neymar PSJni tark etishni istayotgani haqida rahbariyatga ma'lum qilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 13 ta golga assisentlik qildi.

Mavzu bo'yicha:

Sane «Bavariya»ga o'tishni istamadi

«Atletiko» «Yangi Ronaldu»ni qachon tanishtirishi ma'lum

«Barselona» Neymar uchun «PSJ»ga 100 million evro va 3 futbolchini taklif qildi

«Chelsi» «Real»ning taklifiga javob qaytardi

Solari Isko borasida yakuniy qarorini rahbariyatga ma'lum qildi