Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:44
KirishRo'yxatdan o'tish
Prezident sovrini uchun o'tadigan kurash musobaqasi ishtirokchilari kutib olinmoqda FOTOREPORTAJ
  8 Aprel, 09:45  8

.

Tun yarmidan oqqanida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Termizda o'tadigan kurash Xalqaro turniriga kelayotgan bir guruh sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.

10-11 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnir bo'lib o'tadi.


Milliy kurash bo'yicha Xalqaro turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida g'oliblarga 3 000, 2-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga 2 000 hamda ikkita 3-o'rin sohiblariga 1 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.


Mutlaq vaznda g'olib bo'lgan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor bo'ladi. 2-o'rin sohibi 5 000 dollar, ikkita 3-o'rin sohiblari 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

















Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov, o'z muxbirimiz


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»