most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:12
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Prevyu. 22-tur. «Nasaf» - «Metallurg»
  14 Oktyabr, 09:40  9

.

FIFA kunlari nihoyalab, Superliga qaytmoqda. «Ajdarlar» navbatdagi 22-turda Bekobodning «Metallurg» jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs 15 oktyabr kuni soat 18:30 boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 47 bor kuch sinashishgan. Bo'lib o'tgan 12 uchrashuvda bekobodliklar, 29 o'yinda esa «ajdarlar» zafar quchishgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati 77:38 ga teng. Ustunlik qarshiliklar tarafida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – «Metallurg» 7:0, «Metallurg» – «Nasaf» 3:0.

Jamoalar so'nggi o'zaro uchrashuvni 2021 yili 23 iyun kuni Bekobodda o'tkazgan. Bu uchrashuvda bekobodliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

E'tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

23.06.2021. Metallurg — Nasaf 2:1
26.10.2020. Metallurg – Nasaf 0:2
06.07.2020. Nasaf — Metallurg 1:0
31.07.2019. Nasaf — Metallurg 1:2
23.06.2019. Metallurg — Nasaf 0:1

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»