18.05.2019, 09:40

Prevyu. «Nasaf» – «Qo'qon-1912»


16 may kuni Coca-Cola Superligasi 9-turiga start berildi.

“Ajdarlar” Coca-Cola Superligasi 9-turida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilishadi.

Bu jamoalar jamoalari o'rtasidagi har bir uchrashuv muxlislar o'rtasida katta qiziqishlarga sabab bo'lgan

“Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi 18-may shanba kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 20 bor kuch sinashishgan. Natijalar jamoamizning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 13 uchrashuvda “Nasaf”, 4 o'yinda esa “ Qo'qon-1912” g'alabaga erishgan. 3 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 38:21 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “ Qo'qon-1912” 4:0, “Qo'qon-1912” – “Nasaf” 3:0.

Jamoamiz so'nggi o'zaro uchrashuvni 2018 yil 1 noyabrda Qarshida o'tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi o'zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 10 bor kuch sinashishgan. 9 uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan. Bir uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 33ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 27:6.

Читайте также:

«Nasaf» – «Qo'qon-1912»: o'zaro o'yinlar tarixidan

Prevyu. «Buxoro» – «Nasaf»

Prevyu. «Andijon» – «Nasaf»

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf”

Superliga. «Qo'qon-1912» - «Nasaf». Prevyu