14.06.2019, 12:30

Prevyu. «Bunyodkor» – «Nasaf»


15 iyun kuni Superliganing 11-turiga start beriladi.

Superliganing 11-turida Toshkentning “Bunyodkor”  jamoasi o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Bu jamoalar o'rtasidagi har bir uchrashuv muxlislar o'rtasida katta qiziqishlarga sabab bo'lgan.

“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvi 16 iyun yakshanba kuni TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 24 bor kuch sinashishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar” ning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 13 uchrashuvda “Bunyodkor”, 3 o'yinda esa “Nasaf” g'alabaga erishgan. 8 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.
To'plar nisbati 36:14 ga teng. Ustunlik “Bunyodkor” tarafida.
O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Bunyodkor” – “Nasaf” 5:0, “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0.
Jamoamiz so'nggi o'zaro uchrashuvni 2018 yil 8 noyabr kuni Qarshida o'tkazgan. Bu uchrashuv 1:4 hisobida yakunlangan.

Toshkentdagi o'zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Toshkentda 12 bor kuch sinashishgan. 1 uchrashuvda "ajdarlar" g'alaba qozongan. 9 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan va 2 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 33ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 26:7.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarning yoshlari shanba (15.06.2019) “Bunyodkor” Futbol maktabi maydonida soat 17:30 da boshlanadi.

Читайте также:

Prevyu. «Nasaf» – «Lokomotiv»

Prevyu. «Nasaf» – «Qo'qon-1912»

Prevyu. «Buxoro» – «Nasaf»

Prevyu. «Andijon» – «Nasaf»

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf”