02.07.2019, 10:00

Portugaliya grandlari "Yuventus" posboniga qiziqmoqdalar

Portugaliyaning "Benfika" va "Portu" klublari "Yuventus" darvozaboni Mattia Peringa qiziqmoqdalar, deya xabar beradi Janluka di Martsio.

26 yoshli posbon jamoa safiga Janluiji Buffonning qaytishi tufayli turin klubini tark tishi mumkin. Buffonning "PSJ" bilan shartnomasi 30 iyun kuni nihoyasiga etgan.

Avvalroq, Buffon turinliklar bilan bir yillik shartnoma imzolashi va unga ko'ra, yillik 1,5 mln evro maosh olishi xabar qilingan edi.

Perin o'tgan yili 12 mln evro evaziga "Jenoa"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda A seriyada 9ta o'yin o'tkazib, 8ta gol o'tkazgan.

Mavzu bo'yicha:

Buffon «Yuventus»da qancha maosh oladi?

Buffon «Yuventus»ga qaytadi

"Yuventus" Ikardiga yillik 8,5 mln evro maosh bermoqchi

Buffonning «PSJ» klubidagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Buffonning agenti: "Janluiji uchun "Yuve"ga qarshi o'ynash og'riqli bo'ladi"