Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:41
KirishRo'yxatdan o'tish
Pochettino: «Bunday vaziyatda qarorlarni tushuntirish oson»
  8 Aprel, 10:50  20

.

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar Ligasida «Bavariya» ustidan qozonilgan g'alaba (3:2)dan so'ng, fikr bildirdi.

«Men natija va jamoaning o'yinga munosabatidan mamnunman, chunki biz Evropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynadik. Futbolchilarga borlarini berishgani uchun rahmat aytish kerak. Biz bunday o'yinni takrorlashga harakat qilamiz.

G'olib bo'lganingizda, qabul qilgan qarorlaringizni tushuntirish har doim ham osonroq bo'ladi. Hammasini to'g'ri qilganga o'xshaysiz. Biroq, minnatdorchilikni o'yinchilarga etkazish kerak.

Ularning mahoratini alohida ta'kidlash kerak. Birinchi o'yin bizning foydamizga bo'ldi, ammo javob uchrashuvi juda qiyin kechadi. Biz buni bilamiz.

Endi biz minimal ustunlikka egamiz. «Bavariya»ga qarshi javob o'yinida «Barselona»ga qaraganda yaxshiroq o'ynaymiz degan umiddamiz.

Biroq, kerakli natijaga erishish uchun hammasi aniq hisobga olinishi kerak», - deydi argentinalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»