18.05.2019, 09:40

Pochettino EChLning 1ta o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi


UEFA tartib-intizom qo'mitasi «Tottenxem»ni jazolashga qaror qildi. «Ayaks»ga qarshi bo'lib o'tgan yarim final bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinning (0:1) belgilangan vaqtdan biroz kechroq boshlanishiga "shporlar" sababchi bo'lishdi.

Ushbu qoidabuzarlik tufayli jamoa 10 ming evro miqdorida jarima to'laydi. "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino esa shartli ravishda bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Tottenxem» Evropa chempionlar ligasi finalida «Liverpul» bilan o'ynaydi. Bahs 1 iyun kuni Madrid shahrida bo'lib o'tadi.

Читайте также:

Diego Kosta uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi

Pochettino: «Tottenxem» haqli ravishda chorak finalga chiqdi»

Ramos 2ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

UEFA Ramosga nisbatan ayblov e'lon qildi

Lakazett 2ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, Ramos esa ...