12.01.2019, 16:10

Piter Xyuystra: «Paxtakor» «Ayaks», «Feyenoord» yoki «PSV» kabi grand klublar darajasida emas»


“Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashxur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi.

Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a'zosi O'zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to'xtalib o'tdi.

- Menga O'zbekiston ancha ma'qul keldi. Mamlakat va bu erning odamlari juda manzur bo'ldi.

Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat xosil qila oladi, deb hisoblayman.

“Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo'lmaydi. Qolgan o'zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o'rinlardan joy olishgan bo'lar edi.

“Paxtakor” klubi ayni paytda to'g'ri yo'ldan bormoqda. Bu erda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To'g'ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz.

Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Evropa Ligasi doirasida Qozog'istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Xolbuki, biz mazkur jamoani yig'in payti osongina mag'lub etgan edik, - dedi mutaxassis.

Piter Xyuystra o'z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.

Читайте также:

Superliga. Yilning eng yaxshi to'purari aniqlandi

«Paxtakor» «Lokomotiv»ga qarshi tayyorgarliklarni yakunladi

Prevyu. «Paxtakor» – «Lokomotiv»

«Lokomotiv» «Paxtakor-79» xotirasiga ehtirom izhor etadi

Maydoni talab darajasida bo'lmagan klublar sentyabrga qadar kelgusi rejalarini PFLga taqdim etishi shart