12.06.2019, 18:10

Peres: "Yovich 27 ta gol urgan, ammo muxlislarimiz bundan ko'prog'ini talab qiladilar"


"Santyago Bernabeu" stadionida "Real"ning yangi o'yinchisi Luka Yovichning tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Klub prezidenti Florentino Peres yangi o'yinchihaqida fikr bildirdi.

"Yovichni Evropaning bir nechta top-klublari qo'shib olmoqchi edi, ammo bugun u "Real" o'yinchisi. U shu erda bo'lishni orzu qilgan.

Luka, endi sen Evropa chempionlari kubogining 13 karra sohibi "Real" o'yinchisisan. Sen bu klubni tanlaganing uchun rahmat. Sen bu afsonaning bir qismisan.

Sen 27 ta gol urding, ammo bizning muxlislar yanada ko'prog'ini talab qilishadi. Seni faoliyatingdagi eng katta chorlov kutmoqda. Sen bilan faxrlanamiz, chunki sen yoshligingda "Real" futbolkasida uxlagan kansan", - deydi Peres.

Читайте также:

"Real" muxlislari: "Peres, yo'qol!"

"Real" prezidenti Zidan bilan aloqaga chiqdi

Peres "Real"ning "bo'lajak" murabbiyi bilan uchrashishga tayyorlanmoqda

Peres: "Real"da yozda yangi murabbiy ish boshlaydi"

Peres: «Inter» Modrichni bepul qo'lga kiritmoqchi bo'ldi»