Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:59
KirishRo'yxatdan o'tish
"Paxtakor"ning OChLdagi uchinchi raqibi aniq bo'ldi
  8 Aprel, 23:20  16

.

Osiyo Chempionlar ligasida "V" guruhining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ldi.

Pley-off o'yinida Iroqning "Eyr Fors" klubi Saudiya Arabistonida "Al Vahda"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Shu tariqa, "Paxtakor" guruhda Eron, Iroq va BAA klublari bilan to'qnash keladi.

"V" guruhi bellashuvlari BAAning Sharja amirligida joylashgan "Sharja" stadionida o'tkaziladi. Guruh o'yinlari 14-29 aprel kunlari bo'lib o'tadi. "Paxtakor"ning to'rt bellashuvi mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. "Sharja" bilan bahslar esa Toshkent vaqtiga 23:00da start olishi belgilangan.

1-tur. 14 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Traktor"

2-tur. 17 aprel, 20:00
"Eyr Fors" - "Paxtakor"

3-tur. 20 aprel, 23:00
"Sharja" - "Paxtakor"

4-tur. 23 aprel, 23:00
"Paxtakor" - "Sharja"

5-tur. 26 aprel, 20:00
"Paxtakor" - "Eyr Fors"

6-tur. 29 aprel, 20:00
"Traktor" - "Paxtakor"

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»