11.07.2019, 20:00

«Paxtakor» yoshlari kundan-kunga tanilmoqda

"Paxtakor" yoshlar jamoasi joriy mavsumda ham ishonchli o'yin ko'rsatishda davom etmoqda.

O'tgan mavsumda yoshlarimiz chempionga aylanib, o'sha tarkib a'zolarining aksariyati Superliga jamoalari safida tajriba to'plashmoqda.

Ushbu mavsumda hozircha "Paxtakor" yoshlari 13 o'yinning 8tasida g'alaba qozonishdi. 3 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, 2 uchrashuv mag'lubiyat bilan yakunlandi.

Raqib darvozasiga 30 to'p kiritilib, 13 gol o'tkazib yuborildi. 27 ochko to'plagan yoshlarimiz peshqadamdan bir ochkoga ortda qolishmoqda.

Hojimat Erkinov, Ruslan Roziev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev kabi futbolchilar o'zlarining chiroyli harakatlari bilan muxlislar e'tiborini tortishga ulgurishdi.

Ayni paytda yoshlarimiz tarkibida asosan 2000, 2001 va 2002 yilda tavallud topgan yosh o'yinchilar maydonga tushishmoqda. Tarkibda barcha futbolchi "Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Birinchi davrada hujumchi Hojimat Erkinov 10 bor raqib darvozasiga to'p kiritdi. Shuningdek, yana o'nga yaqin golli uzatma sohibiga aylandi. Ruslan Roziev hisobiga 4 gol yozilgan.

10 - Hojimat Erkinov
4 - Ruslan Roziev, Shohruh Mahmudhojiev
3 - Alisher Salimov, Ulug'bek Hoshimov
2 - Alisher Odilov
1 - Humoyunmirzo Iminov, Shohjahon Sultonmurodov, Mirjalol Mirzaev.

Mavzu bo'yicha:

Mahmudhojiev va Iminovda debyut gollar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Berlin akademiyasini mag'lubiyatga uchratdi

«Paxtakor» tarbiyalanuvchilari «Spartak B»ni mag'lubiyatga uchratdi

Yoshlar ligasi. «Paxtakor» «Bunyodkor»dan ustun keldi

Kichik derbida «Paxtakor»ning qo'li baland keldi