14.01.2020, 18:40

“Paxtakor”ning BAA yig'ini haqida

“Paxtakor” ertaga BAAning Abu Dabi amirligiga xorij yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi.

BAAning Abu Dabi amirligida 15-30 yanvar kunlari yig'in o'tkazadigan "Sherlar" u erda uchta bellashuvda maydonga tushishi rejalashtirilgan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o'yinlar o'tkaziladi. Yig'in mobaynida jamoamiz Abu Dabidagi “Marriott” mehmonxonasida istiqomat qiladi.

BAAga yo'l oladigan delegatsiya tarkibi quyidagicha:
Bosh murabbiy – Shota Arveladze, sport direktori – Ja'far Irismetov, texnik direktor – Sobir Xodiev, murabbiylar – Piter Xyuistra, Gocha Tkebuchava, Jasur Abduraimov, Laslo Yambor, Ibrohim Yilmaz, ma'murlar – Shoyunus Shoqodirov, Adham Samigov, Doston Tolibjonov, shifokor – Umid Bahromov, massajchilar – Shavkat Eryomin, Vitaliy Sizov, Akbar Shoyoqubov, operator – Hojiakbar Sharapov, ilmiy guruh – Sergey Malashtan, Yuriy Siyanov.

Futbolchilar – Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Umid Hamroev, Aziz Isaqov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiev, Egor Krimets, Umar Eshmurodov, Anzur Ismoilov, Akram Komilov, Alisher Salimov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Odil Hamrobekov, Sadriddin Abdullaev, Dragan Cheran, Humoyun Iminov, Jaloliddin Masharipov, Sardor Sobirxo'jaev, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Asad Sobirjonov, Bahrom Abdurahimov, Diyor Xolmatov, Ruslan Roziev, Igor Sergeev, Shohruh Mahmudhojiev, Ulug'bek Hoshimov.

Hojiakbar Alijonov, Jasur Yaxshiboev, Abror Ismoilov va Doston Ibrohimov Tailandda o'tayotgan U-23 terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishadi.



Manba: std.uz

Mavzu bo'yicha:

«Bunyodkor»ning «Shabab Al Ahli»ga qarshi o'yini bekor qilindi

«Paxtakor» Shomurodovning «Rostov»i bilan o'ynaydi

«Paxtakor»ning BAA yig'ini yakunlandi

«Paxtakor» BAAda Daniya va Shvetsiya klublari bilan o'ynaydi

"Paxtakor" 25 yanvarda BAAga jo'nab ketadi