11.07.2019, 21:30

«Paxtakor» halqaro turnirda ikkinchi o'rinni egalladi

"Paxtakor-2005" "Minsk Kubogi"da ikkinchi o'rinni egalladi.

Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilgan "Minsk Kubogi"da akademiyamiz tarbiyalanuvchilari ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Finalda Kievning "Dinamo" jamoasida tarbiyalanayotgan tengdoshlariga qarshi maydonga tushgan "Paxtakor-2005" 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yinning aksar qismida hujum uyushtirgan yosh futbolchilarimiz qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Yagona gol Said Gadjiev hisobiga yozildi. Shu tariqa Farhod Nishonov shogirdlari Minskdagi musobaqa kumush medallariga sazovor bo'lishdi.

Mavzu bo'yicha:

«Paxtakor» halqaro turnirda finalga yo'l oldi

«Paxtakor» yoshlari Minskda «Dinamo»ni tor-mor etdi

«Paxtakor-2009» Dagomisda ikkinchi o'rinni egalladi

«Bunyodkor-2003» o'z guruhida 3-o'rinni egalladi

«Paxtakor» yoshlarining Minskdagi raqiblari ma'lum