16.05.2019, 09:30

Otabek Shukurov jamoasi BAA chempioniga aylandi


Hamyurtimiz Otabek Shukurov to'p surayotgan “Sharja” klubi BAA chempioniga aylandi.

Kecha, 15 may kuni sharjaliklar jamoasi BAA Pro-ligasining 25-turi doirasida o'z maydonida “Al Vahda” jamoasi bilan bellashdi.

Ajoyib va gollarga boy o'tgan bahsda “Sharja” 3:2 hisobida g'alabaga erishdi va 6-marta BAA chempionligini tantana qildi. 

O'yinda o'zbek futbolchisi ishtirok etmadi. Xabaringiz bor, Otabek Shukurov mart oyining oxirida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Xitoyga qarshi kechgan o'yinda oyog'ini sindirib olgan edi.

Ma'lumot uchun, Shukurov bu mavsumda BAA klubi tarkibida 17 ta o'yinda qatnashib 2 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.

“Sharja” – “Al Vahda” 3:2 (1:1, 2:1).

Gollar: Igor Koronado (30, 57), Velliton Morais (46) - Leonardu (40), Sebastyan Tangiabyue (76).

Читайте также:

Otabek Shukurov Londonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi (foto)

Otabek Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi

Otabek Shukurov: «Har bir o'yin finalga teng, raqibning esa farqi yo'q» (video)

Otabek Shukurov: «Ishonchni oqlashga harakat qilamiz»

Otabek Shukurov: «Muxlislarni xursand qilamiz»