17.05.2019, 10:20

Osiyo kubogi-2023 Xitoyda o'tadi...mi?!


Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan futbol bo'yicha Osiyo kubogining navbatdagisi 2023 yilda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.   So'nggi qit'a birinchiligini joriy yil 5 yanvar – 1 fevral kunlari Birlashgan Arab amirliklari davlati qabul qilgandi.   Yana to'rt yildan keyin bo'ladigan musobaqani qabul qilish uchun hozirga qadar atigi ikkita mamlakat – Xitoy va Janubiy Koreya da'vogarlik qilayotgandi. Biroq kecha, ya'ni 15 may sanasida Janubiy Koreya o'z arizasini qaytarib oldi. Natijada Osiyo kubogi-2023 mezbonligi uchun da'vogar sifatida faqat Xitoy qoldi. Koreya tomoni esa o'z qarorini butun e'tiborini 2023 yilgi ayollar o'rtasida Jahon chempionatini qabul qilishga qaratgani bilan izohladi.   Shu tariqa navbatdagi Osiyo kubogi Xitoyda o'tkazilishi deyarli aniq bo'ldi. Ammo, bu haqda rasman shu yil 4 iyun kuni Parijda bo'ladigan FIFAning 69-kongressi chog'ida e'lon qilinadi.   Ta'kidlash joiz, Xitoy tomoni 2023 yilgi qit'a chempionati o'yinlarini qabul qilish uchun 9 ta stadion nomzodini ko'rsatgan.   Eslatib o'tamiz, Xitoy davlati 2004 yilgi Osiyo kubogiga ham mezbonlik qilgandi va o'shanda chin yurti vakillari finalgacha etib borishgan, ammo hal qiluvchi bahsda kunchiqar yurt Yaponiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklangandi. 

Читайте также:

Asian Cup. Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

Asian Cup. Janubiy Koreya – Xitoy 2:0 (videosharh)

Yaponiya - Osiyo Kubogi bosh sovrinini eng ko'p qo'lga kiritgan terma jamoa

Toshkentda suv polosi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi

Suv polosi. Toshkentda o'smirlar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionati taqvimi ma'lum