14.12.2018, 16:30

Osiyo Kubogi - 2019dagi raqibimiz Turkmaniston musobaqaga tayyormi?


O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi - 2019dagi raqibi Turkmaniston terma jamoasi ham musobaqaga faol ravishda tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Yazguli Xo'jakeldiev boshchiligidagi turkmanistonlik futbolchilar joriy yilning 28 noyabr - 12 dekbar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishdi. Yig'in davomida Turkmaniston ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda mahalliy "Alanyaspor" jamoasi 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda turkmanlar Eronning "Traktorsozi" klubi ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.   

Endi 18-30 dekabr kunlari Turkmaniston terma jamoasi Antaliyada ikkinchi yig'inni o'tkazadi. Yig'in doirasida 25 dekabr kuni Afg'oniston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan. Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazadi.   

Читайте также:

Futbol bo'yicha Tojikiston milliy terma jamoasi Dohadagi o'quv-mashg'ulotlarini yakunladi

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon terma jamoasi Tojikiston bilan 2ta o'yin o'tkazadi

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

Toshkentda Futzal bo'yicha Osiyo chempionati U-20 Markaziy mintaqa saralash bahslari o'tkaziladi

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi -2019 taqvimi ma'lum bo'ldi