27.09.2018, 23:00

Osiyo kubogi–2019: Startga 100 kun qolganda, Abu Dabi shahrida teskari soat o'rnatildi


Bugun 27 sentyabr kuni birlashgan Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol bo'yicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bag'ishlangan seminar o'z ishini boshlagani hamda ushbu seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Hozirgina Abu Dabi shahridagi Shayx Zayd sport majmuasida Osiyo kubogi boshlanishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan, teskari hisobni ko'rsatuvchi ya'ni musobaqa boshlanishiga necha kun qolganini ko'rsatib teskari aylanuvchi soat o'rnatildi va u ishga tushirildi.

Tadbirda Osiyo futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon, BAA futbol assotsiatsiyasi vakillari, tashkiliy qo'mita raisi va a'zolari hamda barcha ishtirokchi terma jamoalarning vakillari ishtirok etdilar.

Читайте также:

BAAda Osiyo Kubogi–2019 ga bag'ishlangan seminar boshlandi

OFK Prezidenti O'zbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi

Bugun Toshkentdagi «International» mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tadi

O'zbekiston – KXDR o'yini 13 oktyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi

Malayziyada bo'lib o'tayotgan OFK seminarida O'zbekistondan 6 nafar hakam ishtirok etmoqda