01.01.2019, 15:20

Osiyo Kubogi - 2019. O'zbekiston MTJ va guruhdagi raqiblarimiz haqida qiziqarli faktlar


Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga ko'p vaqt qolmadi. 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashga kirishishga tayyor.   Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Kubogida qatnashadigan terma jamoalar haqida qiziqarli faktlarni e'lon qildi. E'tiboringizga biz joy olgan "F" guruhi vakillari haqidagi ma'lumotlarni havola qilamiz.   Yaponiya "Ko'k samuraylar" Osiyo Kubogidagi ishtirokni 1988 yil Qatardagi musobaqadan boshlashgan. Ushbu musobaqa yaponlar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan. Ammo keyingi musobaqalarda ular juda yaxshi ishtirok etib, jami 4 marta Osiyo Kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritishgan.    O'zbekiston Milliy terma jamoamiz darvozaboni Ignatiy Nesterov uchun Birlashgan Arab Amirliklaridagi musobaqa 5-Osiyo Kubogi hisoblanadi. Bu mutlaq rekord natija. Hozircha Osiyodagi hech qaysi futbolchi bu natijaga erishgani yo'q. Server Jeparov ham agar BAAdagi musobaqaga borganida shunday natija qayd etgan bo'lardi, ammo Ektor Kuper uni terma jamoaga chaqirmadi.  Nesterov milliy terma jamoa tarkibida 102ta uchrashuvda maydonga tushganini ham ta'kidlab o'tish kerak.   Ummon Ummon terma jamoasi jami 3 marta Osiyo Kubogida qatnashgan bo'lsa, birortasida ham guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan. Ammo ko'p marta guruh bosqichida bo'lajak Osiyo Kubogi sohiblari bilan durang natijaga erishganini ham ta'kidlab o'tish zarur (Yaponiya, 2004, Iroq, 2007 va Avstraliya, 2015).   Turkmaniston Turkmaniston oxirgi marta 2004 yilda Osiyo Kubogida qatnashgan. Aynan o'sha yili Osiyo Kuboklari doirasida Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tgan: Turkmaniston guruh bosqichida O'zbekistonga qarshi bahs olib borgandi. O'shanda Mirjalol Qosimovning yagona goli terma jamoamizga g'alaba keltirgandi. Oradan 13 yil o'tgandan so'ng O'zbekiston terma jamoasi yana Turkmaniston bilan Osiyo Kubogida bahs olib boradi.

Читайте также:

Osiyo Kubogi boshlanishiga 14 kun qoldi!

Yaponiya - Osiyo Kubogi bosh sovrinini eng ko'p qo'lga kiritgan terma jamoa

Osiyo kubogi boshlanishiga 24 kun qoldi!

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi

Osiyo kubogi–2019: Startga 100 kun qolganda, Abu Dabi shahrida teskari soat o'rnatildi