06.11.2018, 18:10

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga 60 kun qoldi


2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha 17-Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlariga mo'ljallangan. Undu Osiyoning 24ta kuchli terma jamoasi, shu jumladan, O'zbekiston ham qatnashadi. Osiyo Kubogi BAAning to'rtta shahrida bo'lib o'tadi: Abu-Dabi, Dubay, Al-Ayn va Sharja. 

Bugun mazkur turnir boshlanishiga roppa-rosa 60 kun qoldi. Osiyo Kubogi 1956 yildan boshlab o'tkazib kelinadi. Musobaqa tarixi davomida quyidagi terma jamoalar Osiyo Kubogini qo'lga kiritishgan: Janubiy Koreya, Isroil, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Iroq va Avstraliya. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Avstraliya terma jamoasi hisoblanadi. 

2019 yildagi Osiyo Kubogi O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun hisob bo'yicha 7-bo'ladi. Musobaqadagi eng yaxshi natijaga O'zbekiston 2011 yilda erishgan. O'shanda terma jamoamiz 4-o'rinni qo'lga kiritgandi. Osiyo Kubogidan o'rin olgan uchrashuvlarda O'zbekiston MTJ tarkibida eng ko'p gol kiritgan futbolchimiz Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Uning hisobida jami 6ta gol bor.

Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida O'zbekiston MTJ "F" guruhidan o'rin olgan bo'lib, guruhimizda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalari o'rin olishgan.

Dastlabki bahsni vakillarimiz 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. 13 yanvar kuni Dubayda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushsak, guruhdagi so'nggi o'yin 17 yanvar kuni Al-Ayn shahrida Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tadi.     

Читайте также:

MTJ vakillari mashg'ulot maydoni va mehmonxonalar bilan tanishdilar

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi o'yinlari vaqti ma'lum bo'ldi

Osiyo kubogi–2019: Startga 100 kun qolganda, Abu Dabi shahrida teskari soat o'rnatildi

BAAda Osiyo Kubogi–2019 ga bag'ishlangan seminar boshlandi

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi -2019 taqvimi ma'lum bo'ldi