30.09.2018, 19:50

Oltin! Chusovitina Tokiodagi Olimpiya o'yinlari uchun muhim qadamni tashladi


Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda. Nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini afsonaviy Oksana Chusovitina himoya qilmoqda.

Oksana bugun tayanib sakrash mashqlarida chiqish qildi va eng yuqori ballni to'plab, oltin medal sohibasiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Kanada va Sloveniya terma jamoasi a'zolariga nasib qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini tadqim etadi.

Читайте также:

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Taekvondochilarimiz Qozog'istondagi reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga birinchi litsenziya muborak, O'zbekiston!

43 yoshli Oksana Chusovitinaning Osiyo o'yinlaridagi chiqishi (foto+video)